Ko'zni protezlash, maslahat va ko'z protezlarini ishlab chiqarish Toshkentda!
Ko‘z protezlash masalalari bo‘yicha O‘zbekistondan ko‘plab murojaatlar kelib tushishi munosabati bilan biz faoliyatimiz hududini yanada kengaytirib, hamkorimiz Doktor Maksudova innovatsion DMC klinikasi bilan hamkorlikda Тoshkentda ko‘zni protezlash sohasida xizmat ko‘rsatishni boshlaymiz. DMC klinikasi keng ko’lamli tibbiy xizmatlar ko’rsatadigan eng zamonaviy davolash va diagnostika markazlaridan biridir.
Laboratoriyamiz mutaxassislarining Toshkentga birinchi safari 2024-yil yanvar oyiga rejalashtirilgan. Ayni damda barcha xohlovchilar ko’z protezini ishlab chiqarish yoki tanlash uchun ro’yxatdan o’tmoqda. Keyinchalik Toshkentda mutaxassislar davriy ravishda ko’z protezlarini yasab turishadi.
Mahsulot haqida.
Ko‘z protezlari uzoq muddat taqish va qulaylikni ta’minlaydigan mustahkam texnologik polimerden tayyorlanadi. Protez-ortopedik buyum tayyorlashda bemorning barcha anatomik xususiyatlari alohida hisobga olinadi: rangdor pardaning rangi va naqshi, skleraning rangi, rangdor parda diametri, ko’z qorachig’ining diametri, qon tomirlari palitrasi va to’yinganligi va boshqalar.
Ko‘zni protezlash bo‘yicha barcha chora-tadbirlar Toshkent sh., Buyuk Ipak yo‘li, 376-uy manzilidagi DMC tibbiyot markazi bazasida amalga oshiriladi.
Ko’z protezini ishlab chiqarish yoki tanlash uchun, shuningdek, boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni +7-913-628-05-78 (WhatsApp, Viber, Telegram) telefon raqami orqali ro’yhatdan o’tishingiz yoki quyidagi forma orqali fikr-mulohazalar olishingiz mumkin. Shuningdek, onlayn tarzda barcha savollaringizga javob berishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz.
Bundan tashqari, quyidagi raqamlar orqali siz to’g’ridan-to’g’ri ko’zni protezlash uchun DMC klinikasida ro’yxatdan o’tishingiz mumkin: 998 (95) 475-03-03; 998 (78) 148-30-30